04:08 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zasedaniye Senata Oliy Majlisa

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi chaqirilmoqda

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
95 0 0

Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va devonining yigirmanchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tuzildi

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisini joriy yilning 21 iyun kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deb xabar qildi, Oliy Majlisi Senatining axborot-xizmati.

Yalpi majlisda  yangi tahrirdagi "Turizm toʻgʻrisida"gi, "Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida"gi, "Qurol toʻgʻrisida"gi, "Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konventsiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini oʻzgartirish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olgan.

Senatorlar tomonidan Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitiladi.

Senat aʼzolari Istiqbolli turizm yoʻnalishida Oʻzbekiston xalqaro imijini oshirish choralari toʻgʻrisida, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi holati toʻgʻrisida hukumatga parlament soʻrovlari yuborish masalasini muhokama qiladilar, shuningdek ilgari yuborilgan parlament soʻrovlari natijalarini koʻrib chiqadilar.

Asosiy mavzular