Elmira Bositxonova yangi yuqori lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaElmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya
Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini egalladi.

TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Daryo” nashrining yozishicha, Elmira Bositxonova Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib ham tayinlangan.

Elmira Bositxonova 1958-yilda tug‘ilgan, 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining “davolash ishi” yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori. U 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2016 yilning 12-dekabridan buyon Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0