12:27 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Novыy Tashkent: britantsы predlojili unikalnыy proyekt goroda

Yaqin ikki oy ichida Toshkent Bosh rejasi tayyor boʻladi

Vimeo
Yangiliklar
Havola olish
336 0 0

Toshkent shahar hokimi oxirgi chiqishlarining birida Toshkent Bosh rejasi may oyining oxirida tayyor boʻlishini maʼlum qilgan edi. Biroq vaʼda vaʼdaligicha qoldi

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Toshkent shahar Bosh rejasi kontseptsiyasi yaqin ikki oy ichida tayyor boʻladi, dedi Qurilish vaziri oʻrinbosari Shuxratxoʻja Xashimov bugun chorshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan shaharsozlik masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot davomida, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Ayni vaqtda turk va ingliz kompaniyalari mutaxassislari Toshkent shahar Bosh rejasi kontseptsiyasi ustida ishlashmoqda. Lekin shuni yaxshi tushunishlaringizni istardimki, shaharni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlamay turib, Bosh rejani hayotga tatbiq etish uchun qabul qilish - bu murakkab masala, shu boisdan ham bugun kontseptsiya ustida ish olib borilmoqda. Ishlab chiqilgandan keyin masʼul mutaxassislar jalb etilgan holda koʻrib chiqiladi va shundan soʻng tasdiqlanadi. Bir-ikki oy ichida bu kontseptsiya tayyor boʻladi", - dedi Xashimov.

Qurilish vaziri oʻrinbosari shuningdek, respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasi ishlab chiqilayotganini maʼlum qildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalari, aholi punktlarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ustida jiddiy ish olib borilayotgani taʼkidlandi.

Asosiy mavzular