02:50 22 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Lampы nakalivaniya

Energetika vazirligi elektr-energiyasi narxini koʻtarish boʻyicha yangi taklifni tayyorlamoqda

© Sputnik / Marina Lыstseva
Yangiliklar
Havola olish
847 0 0

Vazirlikka koʻra, past narxdagi tariflar investorlarni jalb etishda toʻsiq boʻlmoqda

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Energetika vazirligi energiya tashuvchilari tarifini koʻtarish boʻyicha yangi takliflarni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz nashri.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Hukumatining 31 mayda imzolangan "Alohida yonilgʻi-energetika resurlari narxlar siyosatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra, 2019 yilning 1 iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilingan edi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Moliya hamda Energetika vazirliklariga, "Oʻzbekneftgaz" AJ va energetika sohasida ishlayotgan boshqa korxonalarning rentabelligidan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan narxlarni qayta koʻrib chiqish va asosli takliflar kiritish topshirigʻi berildi.

Toshkentda oʻtkazilgan matbuot anjumani davomida Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Joʻrabek Mirzamahmudov yangi tariflarni ishlab chiqish bilan bogʻliq holatga izoh bergan.

"Ha, haqiqatan ham energiya tashuvchilari narxini koʻtarish boʻyicha qaror bekor qilingan edi. Hozirda tan narxni aniqlash hamda ichki zaxiralar qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, biz hammamiz energiyarusurslari tariflari nafaqat xalqaro bozordagi, balki qoʻshnilarimizdagi tariflardan ham ancha past narxda ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Bu chet el investitsiyalarini muayyan loyihalarga jalb qilishda murakkablik tugʻdirayotgan omillardan biridir", - dedi u.

Mirzamahmudovning soʻzlariga koʻra, bu ishlar va oʻrganishlar natijasiga koʻra, aholi, sanoat korxonalari va barcha isteʼmolchilar manfaatlarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlanadi.

Asosiy mavzular