Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishi qanday kechayotganini kuzatdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom novogo aeroporta
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom novogo aeroporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni "Toshkent-Sharqiy" aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Shavkat Mirziyoyev posetil stroitelnuyu ploshadku Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi

Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish bo‘yicha 2017-yil 30-iyunda prezident qarori qabul qilingan edi.

O‘zbekiston rahbari o‘tgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi. 

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar to‘xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0