14:33 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Molodyoj Uzbekistana

Oʻzbekiston qonunchiligida yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

Ministerstvo yustitsii Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
131 0 0

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni bitirgandan soʻng 12 oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʼtiboran qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Batafsil - maqolada.

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi oʻzining “Huquqiy axborot” kanali orqali qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlarni eslatib oʻtdi.

1. Mehnat kodeksiga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini davlat grantlari asosida tamomlagan yoshlarga ishga joylashishda qoʻshimcha kafolatlar beriladi.

Xususan, belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, oliy taʼlim muassasalarini davlat grantlari asosida tamomlagan yoshlarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

Shuningdek, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga mehnat qonunchiligida quyidagi imtiyozlar belgilangan:

  • dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va 18 yoshga toʻlgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turiladi;
  • kamida 30 kundan iborat yillik taʼtil beriladi va ular bu taʼtildan yoz vaqtida yoki yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin;
  • tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi;
  • ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Ish vaqtining muddati 16 dan 18 yoshgacha boʻlgan xodimlarga haftasiga 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bunda ularning mehnatiga haq kundalik ish vaqti toʻliq boʻlgan chogʻda tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda toʻlanadi.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini hamda oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda, dastlabki sinov muddati belgilanmaydi.

Shavkat Mirziyoyev pozdravil uzbekistantsev so Dnem nezavisimosti
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2. Soliq kodeksiga asosan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni bitirgandan soʻng 12 oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʼtiboran qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan olti oy muddatga ozod etiladi.

3. Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanoma asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalar hamda oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan talabalar yillik toʻlov-kontrakt miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab beriladi.

4. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda quyidagi imtiyozli kreditlar beriladi:

  • oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
  • ipoteka kreditlari (uch yillik imtiyozli davr bilan);
  • moliyaviy isteʼmol kreditlari (olti oylik imtiyozli davr bilan).

Shuningdek, yosh oilalarga:

- mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari boshlangʻich sarmoyasini shakllantirish uchun;

- yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun mikrokreditlar beriladi.

5. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarga Yoshlar uylaridagi sotib olinadigan kvartiralar qiymatini toʻlash uchun banklar tomonidan 5 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki badalni toʻlamasdan, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng foizli stavka bilan 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi.

© Sputnik / Aleksey Malgavko

6. Oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning kontraktini toʻlash uchun banklar tomonidan taʼlim kreditlari beriladi.

Bunda, chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

talabalarning qolgan toifalariga — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan oʻzgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.

Asosiy mavzular