13:53 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner

Havo yoʻllari beshinchi "Dreamliner"ga ega boʻldi

Stringer Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
279 0 0

2020 yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK xuddi shunday turdagi oltita avialaynerga ega boʻladi va MDHda xuddi shu turdagi havo kemalarini ekspluatatsiya qilayotgan yetakchi davlatga aylanadi

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Bugun, 2 iyul kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner qoʻndi, deb xabar berdi Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.

Sietldan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz oʻn ikki yarim soat davom etdi.

Yangi layner MAKni zamonaviy aviatsiya texnikasi bilan taʼminlash va havo kemalari parkini yangilash va kengaytirish boʻyicha investitsion loyiha doirasida sotib olingan.

U 246 nafar yoʻlovchini tashishga moʻljallangan: shulardan 24 tasi - biznes-klass va 222tasi - ekonom-klass.

Oʻzbekiston Havo yoʻllari Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Boeing 787-8 Dreamlinerga buyurtma bergan davlat boʻldi. MAK "Orzu layneri"ni 2016 yil sentyabridan ekspluatatsiya qilishni boshlagan.

Ayni vaqtda shu turdagi avialaynerda Yevropa, Osiyo, Amerika, Alyaskadan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan davlatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda.

2020 yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK xuddi shunday turdagi oltita avialaynerga ega boʻladi va MDHda xuddi shu turdagi havo kemalarini ekspluatatsiya qilayotgan yetakchi davlatga aylanadi.

Asosiy mavzular