16:58 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

YUNESKO Shahrisabz boʻyicha qaror qabul qildi

© Wikipedia / Ljuba brank
Yangiliklar
Havola olish
559 0 0

YUNESKOning Butunjahon meros masalalariga bagʻishlangan yigʻilishida Shahrisabz boʻyicha qaror qabul qilindi

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Shahrisabz tarixiy markazi YUNESKO tomonidan Umumjahon merosining xavf ostidagi obʼyektlar roʻyxatida qoldirildi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov Feysbukda xabar berdi.

"YUNESKOning Butunjahon madaniy meros masalalariga bagʻishlangan 43-sessiyasida Shahrisabz boʻyicha qaror qabul qilindi. Hujjatda Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan butunjahon merosga kiruvchi obʼyektlarni himoya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar, hamda hukumat tomonidan tarixiy shaharlarda qurilish ishlarini toʻxtatib turish haqidagi qarori olqishlanishi taʼkidlangan. Hujjatda shaharni rivojlantirish boʻyicha aniq tavsiyalar mavjud va Shahrisabz xavf ostidagi obʼyekt roʻyxatida qoldirilishi haqida aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston tomoni ikki yil ichida shaharni regeneratsiya qilish boʻyicha reja loyihasini ishlab chiqish majburiyatini oldi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Baku shahrida oʻtkazilayotgan YUNESKO Butunjahon madaniy merosining 43-sessiyasida Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular