15:06 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

Toʻq feruza rang: Oʻzbekistonda yangi rangdagi avtomobillarga talab kuchaydi

Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan
Yangiliklar
Havola olish
1531 0 0

Yaqindagina oʻz nomini UzAuto Motorsga oʻzgartirgan GM Oʻzbekiston oʻz mijozlariga bir qator kutilmagan yangiliklar tayyorlagan

TOSHKENT, 5 iyul - Sputnik. Joriy yilning oxirgi choragida UzAuto Motors birdaniga uchta yangi rangdagi avtomobillarni sotuvga chiqaradi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bu haqda jurnalistlar uchun Asaka shahridagi avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-turda UzAuto Motors bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov maʼlum qildi.

"Biz ranglar gammasini kengaytirishni rejalashtirayapmiz. Bu ish muntazam davom ettiriladi. Xususan, yaqin vaqtlarda yaltiramaydigan qora, xoʻl asfalt va toʻq feruza ranglardagi avtomobillar sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Toʻq feruza rangdagi avtomobillarga ayniqsa, ayollardan koʻp talab tushgan", - dedi Rajabov.

UzAuto Motors rahbari v.b. Oʻzbekistonda asosan oq rangdagi avtomobillarning ommabopligini mintaqadagi iqlim tufayli aynan shu rangdagi transportga talab koʻpligi bilan izohladi va Koreyada ham oq va qora rangdagi avtomobillar ommabopligini qoʻshimcha qilib, bu ajablanarli hol emasligini qayd etdi.

Asosiy mavzular