20:08 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

GM Uzbekistan oʻz nomini oʻzgartirdi. Buyogʻi endi nima boʻladi?

© Novosti Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
110510

"Alyans GM Uzbekistan" kontseptsiyasini rivojlantirish doirasida maslahat va texnik koʻmak taqdim etishga yoʻnaltirilgan GM Advisory Services kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistondagi yengil avtomobillar bozorini monopoliyadan chiqarish va Chevrolet dan tashqari yangi brendlarni yaratishga qaratilgan

TOSHKENT, 5 iyul - Sputnik. GM Uzbekistan oʻz nomini oʻzgartirgani bilan, bu uning ish sifatiga taʼsir etmaydi. Yangi oʻzgarishlar bizga yangi modellarni oʻzlashtirish uchun yoʻl ochmoqda, dedi Asaka shahrida OAV vakillari uchun oʻtkazilgan press-tur davomida Uzauto Motors bosh direktori vazifasini ijro etuvchi Rustam Rajabov.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar koʻplab davlatlarga eksport qilinadi, istiqbolli bozor Rossiya boʻlib qolmoqda.
Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan

Rajabovning aytishicha, ikkiyoqlama imzolangan "Alyans GM Uzbekistan" xalqaro hujjatiga koʻra, GM Oʻzbekiston bozorini tark etgani yoʻq. U texnik koʻmak berishda davom etadi va avtomobillar, dvigatellar hamda komplektlovchilar ishlab-chiqarilishi uchun komponentlarni yetkazishda davom etadi. "Oʻzavtosanoat" esa General Motorsning ayrim modellarini ishlab chiqarishda davom etadi.

"GM ketdi, deb yozishyapti, yoʻq, u ketmadi. Ish faoliyatimiz oʻzgarmadi, nom oʻzgardi, xolos. "GM qolsa boʻlmasmidi?", deb savol berishayapti. Yoʻq, qolsa boʻlmasdi. Oʻtgan yili biz bu haqda aytgan edik. GM oʻz ulushini Oʻzbekiston hukumatiga sotdi. Endilikda bu tufayli mahsulotlarni mahalliylashtirishni chuqurroq amalga oshiradigan tizimga oʻtdik. Ushbu rebrending Oʻzbekiston uchun foydali boʻladi. Misol uchun, ilgarilari GM bilan ishlaganimizda, ularning katta-katta texnik markazlari bor edi, ular hamma narsani ixtiro qilardi, biz hech narsa qilolmasdik. Hatto mashinani farasi yoxud rangini ham oʻzgartirolmasdik. Buning uchun Amerikaga yoki Koreyaga chiqishga toʻgʻri kelardi. Mana bugun biz bu borada mustaqillikka ega boʻldik", - deya tushuntirdi Rajabov.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq GM Uzbekistan Chevrolet Equinox krossover va Shevrolet Trailblazer yoʻltanlamasining taqdimotini oʻtkazgan edi.

"Alyans GM Uzbekistan" kontseptsiyasini rivojlantirish doirasida maslahat va texnik koʻmak taqdim etishga yoʻnaltirilgan GM Advisory Services kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistondagi yengil avtomobillar bozorini monopoliyadan chiqarish va Chevrolet dan tashqari yangi brendlarni yaratishga qaratilgan.

Asosiy mavzular