15:06 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Voyennoslujaщiye Uzbekistana i Belarusi provedut sovmestnыe ucheniya

Oʻzbekistondagi eng katta poligon Samarqand viloyatida qurilmoqda

© Sputnik / Mixail Alayeddin
Yangiliklar
Havola olish
524 0 0

Kelgusida Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarning ayrimlari aynan shu poligonda oʻtkaziladi

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Mudofaa vazirligi tizimidagi eng katta poligon qurilmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Markaziy harbiy okrugidagi "Kattaqoʻrgʻon" poligonida Samarqand viloyati harbiy-maʼmuriy sektori bilan hamkorlikda hududi va salmogʻi jihatidan Oʻzbekistondagi birinchi raqamli harbiy poligon barpo etilyapti", - deyilgan xabarda.

Kattaqoʻrgʻon shahridan 200 km uzoqlikdagi poligonda olib borilayotgan qurilish ishlari joriy yilning 25 may kunidan boshlangan va shu vaqtga qadar 13 mlrd. soʻm mablagʻ sarflangan. Yana shuncha mablagʻ hisobidan poligon hududida 16 ta harbiy va ijtimoiy obʼyektlarda kapital taʼmirlash hamda 4 ta yangi binoni jihozlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shu bilan birga 1200 nafar harbiy xizmatchi uchun yotoqxona barpo etilgan.

Jangovar texnikalar parkida 150 dan ziyod harbiy texnikalar uchun ochiq maydon hamda yopiq binolar barpo etilmoqda.

Poligonning katta qismi harbiy-maʼmuriy sektor yordamida, 40 ga yaqin oʻquv nuqtalari esa harbiy xizmatchilarning mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarda bunyod etilmoqda. Eski poligondan farqli tomoni bir vaqtning oʻzida barcha mutaxassisliklar hamda qoʻshin turlari bir-biriga xalaqit qilmay oʻz istehkomlaridan mashgʻulotlarga kirishadi.

Bundan tashqari, dala maydonida real jang manzarasini gavdalantirish maqsadida aviatsiya zarbalari uchun harbiy hisobdan chiqarilgan 18 ta tank va texnikalar, shuningdek, artilleriya boʻlinmalar uchun maxsus nishonlar qoʻyilgan.

Jangovar texnikalardan otish yoʻnalishlarida zamonaviy jang taktikasidan kelib chiqib, qisqa soniyalarda manyovr qoʻllash obʼyektlari qurilyapti. Barcha kuch-vositalarini boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3 qavatdan iborat qoʻmondonlik kuzatuv minorasi barpo etilmoqda.

Kelgusida Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarning ayrimlari aynan shu poligonda oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, poligonda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida optik tolali kabellar tortilgan. Yer ostidan suv qazib chiqarilgan. Okrug boshqaruv apparati tashabbusi bilan askarlar uchun koʻrgazmali oʻquv shaharcha bunyod etilgan.

Asosiy mavzular