07:37 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Posolstvo Uzbekistana v Rossii

Rossiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi yetti kanalli Call-centerni ishga tushirdi

Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
30110

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bogʻlanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qoʻngʻiroq qilayotgan shaxsga maʼlumot olish yoki operator bilan bogʻlanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi.

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida 2019-yilning 1-iyul sanasidan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik boʻlimi negizida yetti kanalli Call-center ishga tushirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Call-center orqali Oʻzbekiston fuqarolari avtomatik tarzda oʻzbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur boʻlgan hujjatlar) olish imkoniga ega boʻladilar.

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bogʻlanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qoʻngʻiroq qilayotgan shaxsga maʼlumot olish yoki operator bilan bogʻlanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi. Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qoʻngʻiroqlar yozib olinadi.

Call-center raqamlari: +7 499 2300076, +7 499 2383620.

TIV Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi Konsullik boʻlimi konsullik okrugiga Rossiya Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva viloyati, Moskva shahri, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Yaroslav viloyati) kirishini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular