Rossiya Turkiyaga S-400 yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishZenitno-raketniy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib. Uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualari komponentlarining birinchi partiyasi yetkazib berildi, deb xabar qildi RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligiga tayangan holda.

Zenitnie raketnie sistemi S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi

"Yetkazib berish ishlari Anqara provinsiyasidagi Murted aviabazasiga amalga oshirilmoqda", - deyiladi relizda.

Turkiyaning Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishi xalqaro janjalni keltirib chiqardi: AQSh Anqaradan bu kelishuvdan voz kechishni va o‘rniga o‘zining Patriot majmualarini xarid qilish talabini qo‘ydi.

Ushbu taklif rad etilgan holatda Vashington Anqaraga yangi F-35 qiruvchilari savdosini ushlab turish yoki umuman bu kelishuvdan voz kechish bilan dag‘dag‘a qildi. Ammo Turkiya ortga chekinishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib. Uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.

Turkiya - Belarus va Xitoydan so‘ng - Moskva o‘z "Triumf"larini yetkazib berayotgan uchinchi davlatga aylandi. Tez orada bu qatordan Hindiston ham o‘rin olishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0