06:19 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov

"Abituriyent ruxsatnomasi" tarqatilishi boshlandi

© Telegram
Yangiliklar
Havola olish
5076 0 0

Ruxsatnomalarni internet tarmogʻiga ulangan kompyuter boʻlgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Bugundan 2019/2020 oʻquv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun "Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish boshlanadi, deb xabar qildi  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot-xizmati.

"Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

* Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining "Ruxsatnomani chop etish" boʻlimidagi maxsus oynaga pasport (yoki tugʻilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo boʻlgan "Abituriyent ruxsatnomasi" va "Abituriyentga eslatma”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmogʻiga ulangan kompyuter boʻlgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

Kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qatʼi nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin: -ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari; -ixtiyoriy Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari; -ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha "Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga chop etib beradi.

Asosiy mavzular