Atambayev kelgusi haftada Rossiyaga uchmoqchi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferensii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferensii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti bir-ikki kunga mamlakatni tark etishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev kelayotgan haftada Rossiyaga uchishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston muxbiri.

Kak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu zaxvatu  - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi - voqea joyidan reportaj

Sobiq davlat rahbari o‘z rejasi haqida gapirgan video "Koroche" deb nomlangan Telegram-kanalda e’lon qilingan. Atambayev "xalq shtabi" deb nom olgan shtab joylashgan Qoy-toshdagi uyidan chiqib, jurnalistlarning savollariga javob bergan.

Atambayevning aytishicha, u avval rejalashtirganidek, bir-ikki kunlik safarda bo‘ladi.

"Mening uchishimni hamma ham xohlayotgani yo‘q. Lekin, o‘ylaymanki, hammasi normal bo‘ladi, men shuni bilamanki, meni taklif etayotgan odamlar u yoqqa uchishim va qaytishim normal kechishini tashkillashtirib beradilar", - deb aytgan Atambayev.

Ilgariroq, 15-iyul kuni, Atambayev agar buning imkoni bo‘lsa mamlakatni ikki kunga tark etishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Sobiq prezident Qirg‘izistonni bir umrga tark etishni rejalashtirmayotganini ham qo‘shimcha qilgandi. O‘shanda OAVda Atambayev Rossiyaga Yevroosiyo banki boshqaruv raisi Andrey Belyaninovning taklifiga binoan borishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0