Jazirama tugadi: O‘zbekistonda salqin havo kuzatiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRabota Sentra gidrometeorologicheskoy slujbi pri MChS Uzbekistana
Rabota Sentra gidrometeorologicheskoy slujbi pri MChS Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin kunlarda havo harorati kunduzi atigi 32 darajani tashkil etadi. Kechasi 18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda anomal jaziramadan so‘ng nihoyat havo temperaturasi pasayadi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Jiteli i gosti Tashkenta u fontana v jarkiy den - Sputnik O‘zbekiston
Jazirama va garmsel: O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda harorat kunduzi 32 daraja issiqni, kechasi - plyus 18 daraja iliqni tashkil etadi.

Xususan, Toshkentda havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz kechadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo harorati +36 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, plyus 37 daraja issiq bo‘ladi. G‘arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi va 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +40 daraja ko‘tarilishi mumkin. 26-28 iyul kunlari kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja issiq kuzatiladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +36 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida atigi +27 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda anomal jazirama ikki haftadan buyon davom etmoqda va hatto yangi rekordlarni o‘rnatdi.

Ilgariroq, iyul oyi O‘zbekiston tarixida meteokuzatuvlar bo‘yicha eng issiq oy bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0