07:19 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
V Uzbekistane vstretili voyennыx iz Armenii, pribыvshix na konkurs ArMI

Rossiya va Armaniston harbiylari "ARMI - 2019"da ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelishdi

Minoboronы Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
45710

Musobaqa oldidan mehmonlar uchun Samarqand shahrida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolar boʻylab ekskursiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Myanma, Rossiya, Angola va Armaniston harbiy delegatsiyalari "ArMI – 2019"da ishtirok etish uchun "Forish" poligoniga yetib keldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

26 iyul kechasi Myanma davlatidan kelgan mehmonlar kutib olingan boʻlsa, 27 iyul erta tongida Rossiya, Armaniston va Angola davlatlarining harbiy delegatsiyalari belgilangan manzilga yetib keldi.

Myanma davlatidan 17 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 31 nafar, Armanistondan 18 nafar hamda Angoladan 9 nafar mehmon dastlab tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, shundan soʻng poligonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 26 iyul kuni Vyetnam harbiy delegatsiyasi tanlovda ishtirok etish uchun birinchi boʻlib yetib kelgandi.

Shuningdek, bugun Ozarbayjonlik harbiylarning ham "Forish"ga yetib kelishi kutilmoqda.

V Uzbekistan priyexali voyennыe iz Angolы dlya uchastiya v ArMI
Minoboronы Uzbekistana
V Uzbekistan priyexali voyennыe iz Angolы dlya uchastiya v ArMI

Musobaqalarga 4 avgust kuni start beriladi. Unga ыadar mehmonlar uchun Samarqand shahrida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolar boʻylab ekskursiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular