23:27 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
126 0 0

Minsk shahrida Oʻzbekiston-Belarus hamkorligiga oid kelishuvlarga erishildi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda zamonaviy urugʻchilik agroklasteri tashkil etiladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Saidkamol Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida Minsk shahrida Oʻzbekiston-Belarus hamkorligiga oid kelishuvlarga erishildi. Qishloq xoʻjaligining turli yoʻnalishlarini qamrab olgan loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar Oʻzbekiston-Belarus hududlararo I forumi doirasida muhokama etildi.

Forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi rahbari SH.Namozov hamda Belarus Respublikasining “Belsemena” birlashmasi bosh direktori M.Karpuk oʻrtasida kelishuv imzolandi. Unga koʻra, Davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy urugʻchilik klasteri tashkil etish orqali urugʻlik ekinlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ularning xorijga eksportini taʼminlash, shu sohada fermerlar malakasini oshirib borish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

V Uzbekistane budet sozdan sovremennыy semenovodcheskiy agroklaster
V Uzbekistane budet sozdan sovremennыy semenovodcheskiy agroklaster

Belarusda 11 ta kichik dasturni oʻz ichiga olgan “2016-2020 yillarda agrar biznesni rivojlantirish Davlat dasturi”da urugʻchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Davlat dasturiga koʻra, kelgusi yilda qishloq xoʻjaligidagi eksport qiymati 2016 yilga nisbatan 6,2 milliard dollarga, mehnat unumdorligi esa 1,4 baravarga oʻsishi kutilmoqda. “Belsemena” birlashmasi bugungi kunda 20dan ortiq MDH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Minsk shahrida Oʻzbekiston – Belarus hududlararo forumida qayd etilganidek, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetkazilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

 

Asosiy mavzular