00:16 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
98640

Fargʻona vodiysini svet oʻchishi muammosidan xalos etuvchi Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stantsiyasi qisman avgust oyining ikkinchi yarmida, Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushiriladigan boʻldi. Yil oxiriga qadar IES toʻliq quvvatda ishlashni boshlaydi

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Namangan viloyatida bunyod etilayotgan Toʻraqoʻrgʻon IESda sinov ishlari deyarli tugab, birinchi bugʻ-gaz turbinasini tarmoqqa ulash va quvvat berish boʻyicha soʻnggi tayyorgarlik ishlari ketmoqda. IES avgust oyida ishga tushiriladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toʻraqoʻrgʻon IES bosh muhandisi Nodirbek Nasibaliyev.

Muhandisning aytishicha, yoz va qish mavsumlari Fargʻona vodiysida elektr-energiyasini isteʼmol qilish boʻyicha "pik davrlar" hisoblanadi va bu vaqtlarda isteʼmol koʻrsatkichi 1800 MVtni tashkil etadi. Toʻraqoʻrgʻon IEsning ishga tushirilishi esa elektr-energiyasiga boʻlgan ushbu talablarni birmuncha qondirishga xizmat qiladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Maket Turakurganskoy TES

"Avgust oyi ikkinchi yarmida IESning birinchi blok bugʻ-gaz qurilmasi ishga tushiriladi va dastlab 300 MVt elektr-energiyasi ishlab-chiqariladi. Bu Namangan viloyatining elektr-energiyaga boʻlgan ehtiyojini 70-80 % qoplaydi. Birinchi energiya blokimiz batamom ishga tushganida Namangan viloyati toʻliq energiya bilan taʼminlanadi", - dedi Nasibaliyev.

Nasibaliyev Oʻzbekistondagi birinchi zamonaviy issiqlik elektr stantsiyasi boʻlgan bu qurilmaning boshqa elektrstantsiyalardan afzalligi haqida ham toʻxtaldi.

"Bu yerda ishlab chiqarilgan elektr energiya tannarxi boshqa issiqlik elektr stantsiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, 1 kVt/s elektr energiyani ishlab chiqarish uchun 220 gramm shartli yoqilgʻi sarf boʻladi. Hozirda ishlab turgan eski energiya bloklarimiz qiladigan sarfdan ikki barobar kamdir. Bundan tashqari IES yuqori aniqlikda ishlaydi, atrof muhitga zarar yetkazmaydi", - dedi u.

Nasibaliyevning aytishicha, IESning birinchi bugʻ-gaz qurilmasi toʻliq sentyabr oyida, ikkinchisi esa joriy yil dekabr oyida ishga tushiriladi. Natijada Fargʻona vodiysi isteʼmolchilari uchun 900 MVt qoʻshimcha quvvat ishlab chiqariladi va bu vodiy aholisi isteʼmol qilayotgan elektr energiyasining teng yarmidan koʻpni tashkil etadi.

Umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSH dollaridan ziyod boʻlgan Toʻraqoʻrgʻon IES loyihasini amalga oshirish Yaponiyaning "Mitsubihi Corporation" va "Mitsubishi Hitachi Power Systems" konsortsumi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha 10 yildan soʻng oʻzini toʻla oqlaydi.

Bunyodkorlik ishlariga 2 ming 400 dan ziyod mahalliy va xorijiy ishchi-xizmatchi jalb etilgan. Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini Turkiyaning "SaIik Enerji" kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari bajarmoqda. 

Asosiy mavzular