13:00 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
564 0 0

"Forish" poligonida "ARMI-2019" ishtirokchilari taomnomasi oliy darajada tashkil etilgan. Oʻzbekcha lutf va mehmondorchilikni xorijlik mehmonlarning oʻzlari eʼtirof etishmoqda

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Mudofaa vazirligi Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan V Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun 11 davlatdan kelgan harbiy delegatsiya vakillari qanday taomlar bilan siylanayotgani haqida maʼlumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, "ArMI-2019" oʻyinlari ishtirokchilari Mudofaa vazirligining "Forish" togʻ poligonida oʻzbekona lutf ila qarshi olinganining oʻzi koʻpchilik mehmonlarni hayratga solgan.

"Forish" poligoni oshxonasida Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan uch mahalli ovqat tanovuli yurtimizga kelgan xorijliklar tomonidan eʼtirof etilmoqda. Ayniqsa, kimyoviy ishlov va biologik aralashuvlarsiz polizlarimizda yetishtirilgan xoʻl meva va sabzavotlardan hamma mamnun. Taom pishirish texnologiyalarining sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan nazorat qilib kelayotgan harbiy tibbiyot xodimlari tunu-kun xizmatda", - dedi Mudofaa vazirligi vakili.

Yengil atletika sportchilari meʼyori asosida tuzilgan taomnoma menyusida vitamin va kaloriyaga boy maxsulotlardan foydalanilmoqda.

Jumladan, nonushtaga sabzidan tayyorlangan sarimsoqli salat, xoʻl meva assortisi, shakar qoʻshilgan tvorogli zapekanka, smetana sousi bilan qaynatilgan tovuq va vermishel, sut bilan kakao, qaynatilgan sut, limon bilan shirin choy, bugʻdoy va arpa unidan tayyorlangan non, sariyogʻ, pishloq, kolbasa, smetana, tvorog, kofe va quritilgan mevalar, xamirturishli bulochkalar taklif etilmoqda.

Tushlikka xoʻl meva, sabzavotlar va koʻkatlardan tayyorlangan assorti, tovuqli somsa, mastava shoʻrva, mevali ragu bilan tuxum-doʻlma, qovurma "Toshkent", kartoshka bilan qovurilgan tovuq va non mahsulotlari.

Qoʻli gul oʻzbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan kechki ovqat ham xorijliklar eʼtirofi ostida qolmoqda. Bular: sabzavotlardan tayyorlangan salat, pishirilgan tuxum, qovurilgan baliq, garnir bilan goʻshtli kotlet va qovurilgan joʻjalar, xoʻl mevalar va qandolat mahsulotlari.

Toʻyimli taomlar kun davomida mashaqqatli tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtagan ishtirokchilarga manzur boʻlmoqda.

Mudofaa vazirligi harbiylar gʻayratiga gʻayrat, kuchiga kuch qoʻshadigan bunday taomnomadan keyin gʻalaba uchun kurash ham shiddatli boʻlishiga ishonch bildirgan.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular