00:34 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
1813 0 0

Ekspertlar tadqiqot natijalari "katta istiqbolga ega", deya taʼkidlashmoqda

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Ispaniyalik va amerikalik olimlar guruhi inson va maymun hujayrasidan embrion yaratishdi, deb xabar qilmoqda "Izvestiya" nashri.

Tadqiqot xitoy laboratoriyalarining birida oʻtkazilgan. Loyiha ishtirokchilaridan biri, biolog Estrelya Nunyes gapirib bergan. Uning soʻzlariga koʻra, olimlar organlar transplantatsiyasi uchun organlarni yetishtirish imkoniyatini tadqiq etganlar va bu uchun inson oʻzak hujayralarini hayvonlar embrioniga qoʻshganlar.

Natijada genetik jihatdan turli boʻlgan hujayralardan yangi organizm paydo boʻlgan. Shu bilan birga, mavjudot dunyoga kelishga ulgurmagan, chunki olimlar uning rivojlanish jarayonini uzib qoʻyganlar.

Olimlar tadqiqot tafsilotlarini ochiqlamadilar, lekin Nunyesning oʻzi taʼkidlaganidek, tadqiqotlar natijalari "oʻta istiqbolli". Tadqiqotchilar inson va hayvonlar, xususan maymunlar hujayralari bilan ishlashni davom ettiradilar.

Ayrim ekspertlarni ushbu eksperiment natijalari biroz hayratga soldi. Xususan, Barselona regenerativ tibbiyot markazi rahbari Anxel Raya bu kabi tajribalar axloq nuqtai-nazaridan qanchalik toʻgʻriligi borasida savolni oʻrtaga tashladi.

"Oʻzak hujayralar hayvon miyasida inson neyronlarini shakllantirsa nima boʻladi? Unda ong paydo boʻladimi?", - deya savol beradi u.

Nunyesning soʻzlariga koʻra, agar inson hujayralari hayvon miyasiga tushadigan boʻlsa, ular oʻz-oʻzini yoʻq qiladigan mexanizm yaratilgan.

Asosiy mavzular