16:22 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
120 0 0

Oʻzbekiston rahbarining Minskka safari davomida hukumatlar, vazirliklar va kompaniyalar oʻrtasida 11ta hujjat imzolandi

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Belarus va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatalari Ishbilarmonlar kengashini tuzish haqida bitim imzoladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sal oldin Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtgan edi. Muzokaralar yakuni boʻyicha ikki davlat rahbarlari qoʻshma bayonot qabul qildilar. Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbarining Minskka safari davomida hukumatlar, vazirliklar va kompaniyalar oʻrtasida 11ta hujjat imzolandi.

Jurnalistlar bilan oʻtkazilgan brifing davomida Lukashenko va Mirziyoyev muzokaralar ochiq va sermahsul kechganini aytishdi: oʻzaro manfaatli bitimlar imzolangani aytildi.

Aleksandr Lukashenko oʻtgan yili oʻzaro savdo sohasida yuqori koʻrsatkichga erishilganiga eʼtibor qaratdi, bunday ijobiy tendentsiya joriy yilda ham davom etmoqda.

"Bizning muzokaralarimiz konstruktiv ruhda oʻtdi, biz Belarus va Oʻzbekiston - strategik sheriklar ekanligini tasdiqladik. Oʻzbekiston oxirgi yillarda erishayotgan yutuqlardan xursandmiz. Mamlakat rahbariyati iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilibgina qolmay, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda inqilobiy oʻzgarishlarni joriy etmoqda, yangi yoʻnalishlar tashkil qilinmoqda. Bu bizga hamkorligimiz sermahsul kechishiga umid bagʻishlamoqda", - dedi Belarus yetakchisi.

Tomonlar xalqaro va regional tuzilmalar doirasida bir-birini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlab turishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi oldidan Minskda oʻtkazilgan mintaqalar forumida ikki mamlakat shaharlari va viloyatlari oʻrtasida oʻndan ziyod bitimlar, shuningdek, 300 million AQSH dollariga teng shartnoma va kelishuvlar imzolangandi.

Asosiy mavzular