Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev 13-yilga qamaldi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston24" kanali tarqatgan xabarda sobiq hokim "o‘z manfaatlari uchun butun boshli vertikal poraxo‘rlik tizimini yaratib, pul-mablag‘larni o‘zlashtirganligi" aytilgan

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining yopiq sud majlisida sobiq hokim Turobjon Jo‘rayev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" telekanali.

Samarqand viloyati hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qaroridan so‘ng yoshlar bilan uchrashuvni Samarqand viloyatining yangi hokimi o‘tkazadi

Sobiq hokim O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 206 (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 210 (pora olish) a 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash belgilangan.

Sobiq hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev 10-yil muddatga, qurilish bo‘yicha sobiq mutaxassis Bahodir Xodjaqulov esa 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Viloyat hokimligining yana ikki sobiq mutaxassisi — Botir Abdullayev va To‘lqin Sulaymonov 5 va 6 yil muddatga qamoq jazosiga loyiq deb topilgan. Sulaymonovning jazosi shartli muddat bilan almashtirilgan.

Jinoyat ishi materiallarida Turobjon Jo‘rayev Samarqandning tarixiy markazida ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun pudratchilardan pora shaklida 2,14 mln dollar olgani xabar qilingan.

"O‘zbekiston24" kanali tarqatgan xabarda Jo‘rayev "o‘z manfaatlari uchun butun boshli vertikal poraxo‘rlik tizimini yaratib, pul-mablag‘larni o‘zlashtirgani" aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0