16:12 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
3380 0 0

Erkakning soʻzlariga koʻra, yuragi toʻxtagach, ruhi uning tanasini tark etgan

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Duglas ismli AQSH fuqarosi klinik oʻlimni boshdan kechirdi, ammo oʻziga kelgach, yuragi toʻxtaganida oʻzi bilan roʻy bergan gʻalati voqealarni soʻzlab berdi.

Maʼlum boʻlishicha, erkak 17 yoshga toʻlganida oʻlim bilan yuzma-yuz boʻlgan. Duglas - AQShning Texas shtatida yashaydi, oʻsmirlik vaqtlarida uyqusizlikka qarshi kuchli taʼsir etuvchi preparatlarni isteʼmol qilgan. Shu bilan birga, u bu dorilarni koʻpincha aroqqa aralashtirib ichgan. Dahshatli taʼsir oʻzini kuttirib qoʻymadi. Kunlarning birida yigit yuragi bu zoʻriqishga dosh bera olmaydi va kutilmaganda toʻxtaydi, deb yozadi Daily Express.

Tibbiyot xodimlari uni hushiga keltirishgan, ammo yigit oʻziga kelgach, oʻlgan vaqtida Iso paygʻambar obrazini va uni uzun yoʻlak boʻylab olib ketgan yorugʻlikni koʻrganini soʻzlab bergan.

Duglas shuningdek, nur taralayotgan tonnelda unga uchragan Iso paygʻambar unga oʻz hayot tarzini oʻzgartirishni maslahat berganini aytib oʻtgan.

Yigit yurak huruji vaqtida tanasi polda yotganini chetdan turib kuzatgan va oʻsha vaqtda oʻzini juda osuda va yengil his etgan.

Duglasning tan olishicha, boshidan kechirgan voqea tufayli, u keyinchalik oldingi hayot tarzini qaytadan mushohada qilib chiqqan va dindor insonga aylangan.

Asosiy mavzular