17:44 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
1380 0 0

Deputat Kalonovning soʻzlari Internet tarmogʻida qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlgan

TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Oʻzbekistonlik deputat OʻzLiDeP partiyasini bir jinsli nikohlarni propaganda qilayotganlikda aybladi.

Maʼlum boʻlishicha, kecha ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida "Munosabat" koʻrsatuvi fragmenti tarqalgan boʻlib, unda Oʻzbekiston XDP va OʻzLiDeP partiyalari vakillari haqiqiy debat uyushtirishgan.

Kalonovning soʻzlari butun Internet tarmogʻi boʻylab tarqalgan va qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlgan.

Bugun XDP deputat soʻzlari uchun rasman uzr soʻragan.

Partiya Kalonov partiya pozitsiyasini emas, oʻz shaxsiy fikrini bildirganini qayd etib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyi oxirida Toshkentda ikki nafar gey ushlangan edi. Erkaklar Chilonzor tumanining 3-kvartalidagi xonadonlardan birida hibsga olingan. Qoʻlga olinganlarga qarshi 120 modda (Besoqolbozlik) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular