O‘zbekiston prezidenti qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazadi

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  5-avgustdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

"Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston rahbari prezident etib saylanganidan buyon hali biror marta ta’tilga chiqqani haqida ma’lumot berilmagan edi. Shu bois, Mirziyoyev sal kam uch yillik faoliyati davomida birinchi marta ta’tilga chiqdi, deyish mumkin.

Ammo Mirziyoyev bo‘sh vaqtni oila davrasida o‘tkazadigan rahbarlardan.

Markaziy Osiyoning boshqa rahbarlari ta’til oladimi?

Markaziy Osiyo rahbarlari orasida Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev ijtimoiy tarmoqlarda ta’tildagi suratlari bilan baham ko‘rishishni xush ko‘rgan. Xususan, internetda Nazarboyevning Turkiyada dengiz bo‘yida tushgan suratlarini ko‘rish mumkin.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va u boshchiligidagi Hukumatning ta’tilga chiqqani haqida ma’lumotni uchratish qiyin.

Turkmaniston prezidentining ta’tilga chiqishi OAV diqqat-markazida turadigan voqelik. Gurbanguli Berdimuhammedov har yili ta’tilga chiqadi. Odatda u dam olish vaqtida ijodiy ishlar bilan shug‘ullanadi - kitoblar yozadi, yangi qo‘shiqlar yaratadi, rep o‘qiydi yoki sport bilan shug‘ullanadi.

Berdimuhammedov o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda? >>>

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylanganidan bir yil o‘tgach mehnat ta’tiliga chiqqan va hordiqni Issiq-Ko‘lda o‘tkazgani ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0