01:55 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
205 0 0

Yoʻl haqini aloqasiz tarzda toʻlash uchun turniket Chilonzor yoʻlining “Xalqlar doʻstligi” metro bekatida oʻrnatildi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. 7 avgust kuni Toshkent metropolitenida yoʻl haqini aloqasiz toʻlash tizimi tajriba tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda Spot.uz xabar qildi.

Yoʻl haqini aloqasiz tarzda toʻlash uchun turniket Chilonzor yoʻlining «Xalqlar doʻstligi» metro bekatida oʻrnatildi.

Toʻlovni ushbu usul bilan “Oplata kartoy HUMO. HUMO kartasi bilan toʻlang” maxsus yozuvi tushirilgan turniket orqali, kartani oʻqish moslamasiga qoʻygan holda amalga oshirish mumkin.

“Ushbu ijobiy tajriba avgust oyi yakuniga qadar bizga yoʻl haqini aloqasiz tarzda toʻlash tartibini poytaxt metropolitenining barcha bekatlarida joriy etish imkonini yaratib beradi, deb umid qilib qolamiz. Aloqasiz tarzda toʻlov imkonini xalqaro toʻlov tizimlari kartalari foydalanuvchilari uchun ham joriy etish kelgusidagi rejalarimizdan oʻrin olgan”, — deydi Humo direktori Shuhratbek Qurbonov.

Taʼkidlanishicha, yangi texnologiya yoʻlovchi kassada jeton xarid qilish oʻrniga yoʻl haqini turniket orqali aloqasiz tarzda toʻlashni tanlagan holda kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.

Aloqasiz toʻlovlardan foydalangan holda metroda bir marta yurish qiymati jeton qiymatiga teng.

Eslatib oʻtamiz, MasterCard kompaniyasining Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mintaqaviy rahbari Sputnik᾽ka bergan intervyusida dastlab Oʻzbekiston metrosida aloqasiz toʻlov tizimi joriy etilishini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular