Oltinchi avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProbniy YeGE po russkomu yaziku
Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 33 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 29 nafar abituriyent binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kuni- 6-avgust natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda “Matematika”, “Fizika”, “Ona tili va adabiyoti”, “Chet tili”, “Kimyo”, “Biologiya” va “Tarix” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 69 ming 633 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 645 nafar abituriyent kelmadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball: 

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Samarqand tibbiyot institutining 551010008 – Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining  551010008 – Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball; 

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent moliya institutining 5230700 – Bank ishi ta’lim yo‘nalishi – 144,3 ball;

s) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 119,4 ball.

Test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Yangiliklar lentasi
0