15:51 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
716 0 0

Bir muddat oldin sinoptiklarning havo salqinlashi haqidagi bashorati oʻzini oqlamagan edi. Ammo bu safar ular haq boʻlib chiqdi

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda havo salqinladi. Sinoptiklarning 9-avgustdan havo harorati pasayishi toʻgʻrisidagi bashorati oʻzini oqladi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sinoptiklar 9 avgustdan havo harorati 41 darajadan 36 darajaga pasayishini bashorat qilgan edilar. Kechasi havo harorati atigi 21 daraja boʻlishi kutilmoqda.

Shu bilan birga quyoshli kunlar saqlanib qolishi aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyi oxirida meteorologlar havo salqinlashi haqida bashorat qilgan edi, ammo bu bashorat amalga oshmagandi.

Iyul oyi oxiri va hatto avgustning boshi Oʻzbekistonda juda issiq kechdi va hatto yangi rekordlar oʻrnatildi.

Asosiy mavzular