23:35 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
816 0 0

Jurnalist Aleksey Venediktovning soʻzlariga koʻra, Gorbachyov olti oydirki kasalxonada "yashab kelmoqda".

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. OAVlar SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning "oʻta ogʻir" holati haqida yozmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bu haqda sal oldin jurnalist Aleksey Venediktov "Gordon" koʻrsatuvida maʼlum qilgan edi.

"Miyasi yaxshi ishlayapti, harakatlanishi ogʻir, juda koʻp kasalliklar yigʻilib qolgan — axir u 88 yoshda. Soʻnggi ikki yilda - ahvoli juda ogʻir: mana olti oydirki u kasalxonada yashamoqda", - deb aytgan Venediktov.

Shuningdek, Gorbachyov vaqti-vaqti bilan unga restoranda uchrashishni taklif qilishini, jurnalist bu taklifga rad javobini berolmasligi ham maʼlum boʻlgan.

"Shifokorimiz tavsiyasiga koʻra pivo ichamiz, Mixail Sergeyevich ham hozir pivo ichadi. Ilgarilari aroq ichardik", — deb taʼkidlagan Venediktov.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, Gorbachyov planshet va smartfon yordamida yangiliklarni kuzatib borar ekan. Sobiq prezidentga "Chenobыl" seriali haqida ham maʼlumot yetib borgan, ammo u "ogʻirligi" uchun serialni tomosha qilmagan.

Asosiy mavzular