16:29 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

"Dilingiz - Allohda, qoʻlingiz - mehnatda boʻlsin": Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga tabrigi

© Press-slujba prezidenta RUz
Yangiliklar
Havola olish
360 0 0

Qurbon hayitining mamlakatda mustaqillik bayrami arafasida keng nishonlanishi xalqning ruhi va kayfiyatini yanada koʻtarmoqda, deb hisoblaydi prezident

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakat aholisiga tabrik yoʻlladi. Tabrik matni prezident rasmiy sahifasida eʼlon qilingan.

"Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!", - deb boshlanadi tabrik matni.

Prezident oʻz tabrigida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, eʼtiqod erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, turli millat va elatlar oʻrtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib borayotganini taʼkidlab oʻtgan. 

Qurbon hayitining mamlakatda mustaqillik bayrami arafasida keng nishonlanishi xalqning ruhi va kayfiyatini yanada koʻtarmoqda, deb hisoblaydi prezident.

Ayni shu kunlarda el-yurtga xos boʻlgan mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuygʻulari yaqqol namoyon boʻlib, barchani ehtiyojmand, kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironlar, yolgʻiz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlarga daʼvat etmoqda. 

"Bunday xayrli amallar mamlakatimizda ijtimoiy hayotning turli sohalarida roʻyobga chiqarilayotgan, insonni aziz va mukarram deb bilishga, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarimizga har tomonlama uygʻun va hamohangdir.

Biz ularning zamirida islom dinining insonparvarlik mohiyati va qudratini koʻramiz, buyuk maʼnaviy meros vorislari ekanimizdan haqli ravishda faxrlanamiz", - deydi Mirziyoyev oʻz tabrigida.

Oʻzbekiston rahbari barchani Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etgan va "Diling – Allohda, qoʻling – mehnatda boʻlsin”, degan olijanob eʼtiqod bilan yashayotgan xalqimiz doimo omon boʻlsin", deya, Vatan, xonadonlardan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasligini tilagan.

Asosiy mavzular