17:42 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
574 0 0

Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, shohona dasturxondan naf yoʻqligini, bayramlarda oʻylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila byudjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib oʻtgan edi

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikistonda Iydi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxi birdan koʻtarildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Xususan, Dushanbedagi Markaziy bozorda qovun va tarvuzlar uch kun oldin 25-30 somoniy turgan boʻlsa, endi bu poliz mahsulotlarini 50 somoniydan past narxda topolmaysiz.

Shaftolilar narxi ham ikki karra oshgan, bir kilosi 8-10 somoniy turgan mevalar bugun 10-25 somoniydan sotilmoqda.

Shunga qaramay, muqaddas ayyom - Qurbon hayiti arafasida barcha bozorlar xaridorlarga toʻla. Tojikistonliklar bayramona dasturxon tuzash uchun oziq-ovqat olgani chiqishgan.

Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklay turib, shohona dasturxondan naf yoʻqligini, bayramlarda oʻylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila byudjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib oʻtgan edi.

Joriy yil ushbu qoidani buzgan musulmonlar 5 ming somoniy, yoxud 530 dollarga yaqin jarima toʻlashga majbur boʻladi.

Asosiy mavzular