03:07 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekistonda bir dollar 9 ming soʻmga yetdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Yangiliklar
Havola olish
309 0 0

Bugundan boshlab Oʻzbekiston banklari dollar xarid qilish plankasini 8940 soʻm, sotish kursini esa - 9 ming soʻm qilib belgiladi

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda tijorat banklari AQSH dollari kursini koʻtardi. Bugungi kunda bir dollar 9 ming soʻmga yetdi.

Bugundan boshlab Oʻzbekiston banklari dollar xarid qilish plankasini 8940 soʻm, sotish kursini esa - 9 ming soʻm qilib belgiladi.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni berilgan rasmiy maʼlumotga koʻra, dollar kursi oʻtgan haftaga nisbatan 177,13 soʻmga koʻtarilib, 8 882,00 soʻm tashkil qilgan edi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat boʻyicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib koʻrsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliqligi koʻrsatilgandi.

Asosiy mavzular