13:24 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sotsialnыe seti

Oʻzbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Yangiliklar
Havola olish
37910

HeadHunter oʻzbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarga munosabati yuzasidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekistonliklar orasida eng ommabop boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar va servislar nomlari sanab oʻtildi. Bu haqda HeadHunter tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga munosabat mavzusida oʻtkazilgan soʻrov natijalarida maʼlum boʻlgan. 

Oʻzbekistonliklar nazdida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar bular Telegram va YouTube. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchatga talab unchalik katta emas.

Soʻrovda jami 195 kishi qatnashgan, ularning 63%i erkaklar, 37%i – ayollardir. Soʻrovning eng faol ishtirokchilarini 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan respondentlar tashkil etgan.

Respondentlarning 78%i ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanishlari maʼlum boʻlgan. Soʻrovda qatnashganlarning 82%i ish bilan band kishilardir. Ular ishdan boʻsh vaqtlarini oila davrasida oʻtkazishlari, kitob mutolaa qilishlari yoki musiqa tinglashlari haqida aytishgan.

Soʻrov qatnashchilarining 41%i ijtimoiy tarmoqlarda umumiy hisobda bir soatdan uch soatgacha, 35%i bir soatcha, 13%i esa uch soatdan koʻp vaqtni oʻtkazishlari maʼlum boʻlgan.

Asosiy mavzular