03:39 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Xirurg pered nachalom operatsii

Oʻzbekiston SSV autsorsing tizimini oʻlimga qarshi kurashning muhim sharti deb bilmoqda

© Sputnik / Sergey Kuznetsov
Yangiliklar
Havola olish
264 0 0

Autsorsing tizimi shifokorga faqat davolash bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratadi

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiylari idora tizimidagi eng muammoviy sohalarda autsorsing tizimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda bugun AOKA binosida boʻlib oʻtgan brifing davomida maʼlum qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Kamolxoʻja Eshnazarovning taʼkidlashicha, autsorsing tizimi aksariyat rivojlangan davlatlarda yoʻlga qoʻyilgan.

"Isroil, Germaniya davlatlarida boʻlganimda, menga hatto kotibasi autsorsing tizimi asosida kelib ishlayotganini aytishdi. Toʻgʻrida, shifokorning asosiy va yagona vazifasi - odamlarni davolashdan iborat boʻlishi kerak. U kommunal xizmatlariga qanday haq toʻlash, xonasini kim tozalashi, koʻchani kim supurishi, kasalxonani kim qoʻriqlashi yoki dorilarni kim olib kelib berishi haqida bosh qotirmasligi lozim", - deb tushuntiradi SSV vakili.

Shu bois, sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish ishlarini ushbu sohada birlamchi ahamiyatga ega yoʻnalishlardan boshlashga kelishib olingan.

"Tibbiyot sohasida eng muammoli sohalarni tanlab oldik. Oʻlim koʻrsatkichlariga eng koʻp olib kelayotgan, aholining yashash muddatini uzoqlashtira oladigan, eng koʻp moliyaviy mablagʻ talab qilayotgan va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, hududlarning ehtiyojlarini eng koʻp ogʻir ahvolga olib kelib qoʻyadigan yoʻnalishlar shular jumlasidan. Bular ichida eng muammolisi - gemodializ xizmati ekan. Sababi, bugungi kunda gemodializ xizmatiga boradigan bemorlarga ikki barobar kam xizmat koʻrsatiladi. Bir martalik gemodializni bitta bemorga toʻrt marotaba ishlatayapmiz - bemorlarning oʻrtacha yashash umri 5 yildan oshmaydi. Dunyo boʻyicha bu koʻrsatkich 10 yildan yuqori", - deya tushuntirdi autsorsing tizimining istiqbolini Eshnazarov.

Ushbu tadbirlarni bajarish maqsadida, "Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Sentyabr oyi oxirigacha qaror tasdiqlansa, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida autsorsingga oʻtish ishlari boshlanadi.

Asosiy mavzular