Musulmonlar idorasi diniy-ma’rifiy maqola ustidan kulgan kanallarni tark etishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqolada bema’ni fikrlarni tarqatgan ijtimoiy tarmoqlar nomlari keltirilmadi. Maqsad, ularni ommaga ma’lum qilish orqali keng yoyilishining oldini olishdir, deyiladi rasmiy murojaatda

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi shu kunlarda dollar narxi keskin oshgani tufayli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan vahimaga o‘z munosabatini bildirgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy idora rasmiy saytida e’lon qilingan maqoladagi fikrlar istehzo aralash qabul qilindi.

Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar 9 ming so‘mdan oshdi – valyuta kurslari

"... ushbu maqolaga ayrim uquvsiz ijtimoiy tarmoq yurituvchilari masxaraomuz fikrlarni o‘z sahifasida qoldirgan. Alloh taoloning kalomi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari keltirilgan maqolani shunday kimsalar "anekdot", deya haqoratlashgacha borib yetgani tashvishlidir. Mana shunday nodonlar fikri mazmuniga yetib bormagan ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilib-bilmay ularni yoqlab qo‘yishgan. Feysbukda ham, telegramda ham ayrimlar ushbu fikrlarga kulib turgan "smaylik" qoldirgan", - deyiladi idora xabarida.

Musulmondar idorasi bayonotiga ko‘ra, bunday holat g‘o‘r kimsalarning diniy-ma’rifiy maqola ustidan nodonlarcha kulayotganini ko‘rsatgan. "Ular o‘ylab ko‘rmaydilarmi, shu paytda ularning imon-e’tiqodlari qay ahvolda ekan? Oyat, hadis, hikmatlarni masxara qilayotganlar oqibati nima bo‘lar ekan?!", - deya savol beriladi murojaatda.

Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar kursi nega keskin oshdi? - Markaziy bank bayonoti

Idora matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ba’zi insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi din borasidagi masxaraomuz fikrlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ham gunoh orttirib olayotgani achinarli holat, bilimsizlik, johillikdir.

Idoraga ko‘ra, har bir internet foydalanuvchisi aytayotgan gapi, qoldirgan izohi va tarqatayotgan axboroti uchun Alloh taolo oldida ham, mo‘min-musulmonlar oldida ham, jamiyat a’zolari va davlat qonunlari oldida ham mas’ul ekanini zinhor unutmasligi zarur.

Maqolada bema’ni fikrlarni tarqatgan ijtimoiy tarmoqlar nomlari keltirilmadi. Maqsad, ularni ommaga ma’lum qilish orqali keng yoyilishining oldini olishdir. Agar kimda-kim unday sahifa va kanallarni bilsa yoki a’zo bo‘lsa, tark etishlarini tavsiya etamiz, deya da’vat qilgan Musulmonlar idorasi.

Yangiliklar lentasi
0