“O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etadi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegirmalar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust – 3-sentabr kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga taqdim etiladi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019-yilning 31-avgust – 3-sentabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etishini ma’lum qildi.

Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Olmaota o‘rtasidagi tezurar poyezdi chiptalari arzonlashadi

Quyidagi yo‘lovchilarga chegirma taqdim etiladi:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15%;

- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%; 

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) – 15%;

- "Afrosiyob" tezurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0