13:20 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zamestitel gendirektora MAGATE Mixail Chudakov

MAGATE vakili AES qurilishiga qarshi "qoʻzgʻolon" ortida kim turganini aytdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
172610

Eskpert shuningdek, odamlarda vahima uygʻotayotgan Fukusima va Chernobil voqealari borasida ham oʻz qarashlarini bildirdi

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonning atom energetikasini rivojlantirish haqidagi qarori eng toʻgʻri qarordir, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) direktori oʻrinbosari Mixail Chudakov.

MAGATE vakili oʻz chiqishida Oʻzbekistonda 1956 yilda, yaʼni Xalqaro atom energetikasi agentligiga asos solingan vaqtda, Yadro fizikasi instituti tashkil etilganiga eʼtibor qaratdi.

Oʻzatom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qoʻydi >>>

"Oltmish yildirki Yadro fizikasi instituti qoshida reaktor ekspluatatsiya qilib kelinmoqda. Shu vaqt davomida toʻplangan materiallar, bajarilgan ulkan ishlar - Oʻzbekiston uchun katta tajriba boʻldi. Mamlakat MAGATE bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyganiga endi 25 yil boʻldi, ammo Oʻzbekiston bu tashkilot bilan SSSR tarkibida boʻlgan davrdan, yaʼni MAGATEga asos solingan vaqtdan boshlab hamkorlik qilib kelgan", - dedi u.

Chudakov shuningdek, atom energetikasi - bu atmosferaga ziyon yetkazmasdan, ekologik toza elektr energiyasini olish mumkin boʻlgan yagona toʻgʻri yoʻl ekanligini qayd etdi.

"Gap insoniyat taraqqiyoti, iqlimdagi oʻzgarishlar haqida borar ekan, atom energetikasi haqida, albatta, gapiriladi. Guvohi boʻlib turibsiz, yildan-yilga iqlim oʻzgarmoqda - havo harorati yuqorilab bormoqda. Uran - noyob yoqilgʻi. Bir kilogrammi 800 ming kilovatt elektr energiyasini beradi. Koʻmir yoki gazdan esa atigi - 7-8 kilovatt olish mumkin. Hozirda dunyoda mavjud atom stantsiyalari yiliga 2 million gigatonna karbonad angidrid gazining atmosferaga uloqtirilishini oldini oladi. Bu bir yilda 400 million avtomobillarni yoʻllardan olib tashlash bilan teng. AESning ekologiya oldidagi xizmati shunda", - deya tushuntirdi Chudakov.

Eskpert shuningdek, odamlarda vahima uygʻotayotgan Fukusima va Chernobil voqealari borasida ham oʻz qarashlarini bildirdi.

"Bu hodisalar boʻlganini hech kim inkor etmaydi, biroq ularning inson salomatligiga taʼsiri oʻta oshirilgan. Deylik, Fukusimada hech kim radiatsiya tufayli halok boʻlmagan, ikki kishi tsunami oqibatida choʻkkan, xolos. Chernobыlda esa rasman 28 kishi halok boʻlgan. Yana bir necha oʻnlab kishilarning halok boʻlgani savol ostida. Aytmoqchiman-ki, Gollivudda ishlangan "Chernobыl" filmda soʻzlab berilgani kabi minglab kishilar hayotdan koʻz yumgan emas", - dedi Chudakov. 

Oʻzbekistonga yana nechta AES kerak >>>

MAGATE rasmiy vakili shuningdek, atom energetikasini rivojlantirishga qarshi "hayqiriqlar" ortida muqobil energiya manbalari turganiga shubha qilmaydi.

"Ular - kelajak faqat atom energetikasiniki ekanini, aynan yadroviy energetika uglerod energetika manbaini "soʻnggi manzilga kuzatishini" juda yaxshi bilishadi. Umuman, jahonda ham, Oʻzbekistonda ham atom energetikasi eng istiqbolli sohalardan biridir, u rivojlanishda davom etadi va atom energetikasi boʻyicha xalqaro agentlik yadro energetikasi infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha qator dasturlarga ega va bunda Oʻzbekistonda koʻmak berishga tayyor", - deya xulosa qildi Chudakov.

Chudakov tashrifining birinchi kunida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida MAGATE ekspertlarining YAIF bilan hamkorlikdagi missiyasi - Omarr mission boʻyicha kelishuvga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari Vladimir Putin hamda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stantsiyasini qurish loyihasiga start berishgan edi.

AES quriladigan maydon sifatida Jizzax viloyati Tuzkon koʻli yaqinidagi maydonlardan biri tanlab olindi.

Xalqaro atom energiyasi agentligining mustaqil hukumatlararo tashkilot sifatidagi faoliyati - atomdan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Oʻzbekiston mazkur tashkilot bilan ilmiy-texnik hamkorlik doirasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish boʻyicha koʻplab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Asosiy mavzular