08:53 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
268 0 0

Turkiyada 90 kundan ortiq turgan va vatanga kechikishlarsiz oʻz reysida qaytishni istaydigan Oʻzbekiston fuqarolari Istanbul ayeroportiga vaqtliroq borib, oldindan roʻyxatdan oʻtishlari va belgilangan jarimalarni toʻlashlari mumkin

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada boʻlib turgan yoki bormoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat yoʻlladi.

Xabarda aytilishicha, Istanbul ayeroportida uchish oldidan jarima toʻlash bilan bogʻliq muammolar ijtimoiy tarmoqlarda muhokama va munozaralarga sabab boʻlmoqda.

"Jarimalar miqdorini aniqlash va uni toʻlash faqatgina fuqarolarning ketishi oldidan roʻyxatdan oʻtib, qoʻllariga uchish talonlarini olgandan soʻng amalga oshiriladi. Bosh konsullik Yangi Istanbul ayeroportida jarimalar miqdorini aniqlash va toʻlash ishlari faqat 2 ta darchada amalga oshirilayotganini inobatga olishingizni soʻraymiz", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Bosh konsulxona "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasining Istanbul shahridagi vakolatxonasi bilan muzokaralar oʻtkazgan. Unda Turkiyada 90 kundan ortiq turgan va vatanga kechikishlarsiz oʻz reysida qaytishni istaydigan Oʻzbekiston fuqarolari Istanbul ayeroportiga vaqtliroq borib, oldindan roʻyxatdan oʻtishlari va belgilangan jarimalarni toʻlashlari mumkin.

Kechki aviareyslarda uchishi lozim boʻlgan yoʻlovchilar kunning birinchi yarmida (ertlabki reysga roʻyxatdan olish vaqtida) roʻyxatdan oʻtishlari va kun davomida jarima va toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlari mumkin.

Bosh konsulxona Turkiyaning Aydin, Balikesir, Biledjik, Bursa, Chanakkale, Edirne, Istanbul, Izmir, Izmit, Kirklareli, Manisa, Sakariya va Tekirdogʻ kabi viloyat va shaharlari hamda Bolgariya va Ruminiya hududlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Zarur holatlarda Oʻzbekiston fuqarolari Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin (+90 212 323-20-37, faks: +90 212 312 20 40, e-mail: uzbekconsul@yahoo.com). Oʻzbekistonliklar shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yoki dam olish kunlari quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin +90 507 853 15 66 (WhatsApp, Telegram, Viber, IMO).

Asosiy mavzular