Sud Atambayev hibs muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) SIZOsida sobiq prezidentning hibs muddatini uzaytirish bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevning hibs muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga Atambayevning advokati Sergey Slesarev. 

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev   - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev oilasi nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi

Sayyor sud majlisi GNKB SIZOsida bo‘lib o‘tmoqda. Slesarevning ta’kidiga ko‘ra, bu jarayon haqida u bugun, deyarli sud boshlanishi avvalida xabar topgan.

"Atambayevning advokatlari ichkariga kirishdi. Bino oldida sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva va Atambayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Seyitbeklar turibdi", — deb xabar bergan muxbir.

Atambayevning hisbga olinishi

7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB spesnazi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga harakat qildi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Xuddi shu kuni 26-avgust sanasiga qadar Atambayevni GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.

Atambayev 14ta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Sobiq prezident advokati so‘zlariga ko‘ra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi o‘ziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy, deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0