06:16 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Yangiliklar
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
167120

20 avgustdan tijorat banklari naqd valyuta sotishni boshladi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatda dollar bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha tushuntirish berdi.

MB rasmiy bayonotida aytilishicha, 20 avgust sanasidan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yoʻlga qoʻyilgan. Chet el valyutasini valyuta ayriboshlash shoxobchalarida sotib olish mumkin.

Bugungi kunda dollar sotib olish kursi - 9384 soʻm, sotuv - 9450 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni Markaziy bank Oʻzbekistonda dollar nega keskin koʻtarilganiga izoh bergan edi.

Bank maʼlumotiga koʻra, bu tashqi va ichki omillar taʼsiri tufayli yuz bergan.

Tashqi omillar: joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliq.

Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari maʼlum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning interventsiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil boʻlgan qoʻshimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qoʻllanib kelinadi.

Shuningdek, ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank interventsiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qoʻllash mexanizmiga oʻtmoqda.

Markaziy bank qisqa muddatli oʻzgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni maʼlum bir darajada tartibga solishni istisno etmagan edi. 

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Asosiy mavzular