22:17 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Passajirы poyezda Tashkent - Moskva, pribыvshego na Kazanskiy vokzal, na platforme

Oʻzbekistonda mehnat migrantlariga uy beriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Yangiliklar
Havola olish
448 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga imzo chekdi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda koʻp kvartirali uylardan respublika boʻyicha jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;

- mehnat migrantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan, elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi.

2019 yil 1 oktyabrdan:

-  mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln soʻm miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;

- sugʻurta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq:

- Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi;

- Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Farmon bilan:

- 2019 yil 1 oktyabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilishi;

- Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga taqdim etilishi belgilandi.

Asosiy mavzular