00:14 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Maket AES

Oʻzbekiston Senati tinch atom toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Sputnik/ Dilshoda Raxmatova
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
183 0 0

"Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida"gi qonun 10ta bob, 59ta moddadan iborat

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Oliy majlis Senatining 21-yalpi majlisida senat aʼzolari tinch atom toʻgʻrisidagi qonun loyihasini yakdillik bilan maʼqulladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻmita raisi Farrux Dadaxodjayev taʼkidiga koʻra, "ushbu hujjatning asosiy maqsadi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, atom energiyasi toʻgʻrisidagi normalar va qoidalarni unifikatsiyalash, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashning samarali mexanizmlarini milliy qonun hujjatlariga tatbiq etishdan iborat".

"Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida"gi qonun 10ta bob, 59ta moddadan iborat.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda ilgʻor xalqaro tajriba, xususan, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Kanada, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlar tajribasi inobatga olingan.

"Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga javob beradi", - deb taʼkidladi Dadaxodjayev.

Hujjatga koʻra, fuqarolar sogʻligʻi, jismoniy shaxslar mol-mulkini himoya qilish, xavfsizlikni taʼminlash, axborotning ochiqligi, yadro quroli va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarilishining taqiqlanishi - atom energiyasidan foydalanishning asosiy printsipi hisoblanadi.

Qonun bilan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, bu sohadagi ishlarni olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar berish, davlat nazorati va tekshiruvi, yadroviy  qurilma va saqlash punktining xavfsizligini davriy baholash, uni joylashtirish hamda barpo etish tartibi joriy etilmoqda.

Undan tashqari, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning davlat hisobi va nazorati, yadroviy materiallar va reaktiv moddalarni transportda tashish, yadroviy materiallar, reaktiv moddalar va chiqindilarni olib kirish hamda olib chiqish, ularni saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash, atom energiyasidan foydalanish subʼyektlarini jisman himoya qilish, avariyaga oid shaylik va avariya holatida harakat qilish, avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish tartibi mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, qonunda, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar mansabdor shaxslarning huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan.

Hujjatda jismoniy va yuridik shaxslarga atrof-muhitga radiatsiyaviy taʼsir natijasida yetkizilgan zararning oʻrnini qoplash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi ham nazarda tutilgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular