00:38 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennыx abituriyentov

Oʻzbekistonda test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Yangiliklar
Havola olish
314510

Davlat test markazi xabariga koʻra, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. 2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Davlat test markazi xabariga koʻra, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

Abituriyentning shaxsiy kabinet orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan boʻlib, abituriyentlar shaxsiy kabinet orqali tanlov natijalarini bilishi mumkin.

Buning uchun cabinet.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID’sini kiritish kerak.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar eʼlon qilingandan soʻng test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini koʻrishi mumkin.

Asosiy mavzular