07:02 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Test natijalari boʻyicha apellyatsiya berish tartibi qanday?

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Yangiliklar
Havola olish
335 0 0

Oʻzbekistonda test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi. Natijalardan qoniqmagan va oʻz bilimiga ishonganlar apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga egalar.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Adliya vazirligi test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar test natijalari eʼlon qilingandan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) boʻlgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga egaligini eslatib oʻtdi.

Apellyatsiya shikoyatini berilgand an soʻng  abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.

Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir notoʻgʻri test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan koʻchirma beriladi.

Asosiy mavzular