20:21 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uzbekskiye voyennoslujaщiye na ucheniyax v Tadjikistane

Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari Namanganda "terrorchilarni yoʻq qiladi"

Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
307 0 0

Ushbu mashgʻulotlar Rossiyada boʻlib oʻtadigan "Markaz – 2019" doirasida oʻtkaziladi. Namangan viloyatining toʻrli hududlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar davomida shartli terrorchilar yoʻq qilinishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. 16-21 sentyabr kunlari "Markaz – 2019" yirik masshtabdagi strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlari oʻtkaziladi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Mashqlarda yetti mamlakat – Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning  harbiy kontingenti qatnashadi.

Mashqlarning birinchi bosqichida Oʻzbekistonda - Namangan viloyatida joylashgan "Gʻurumsaroy" poligonida oʻtkaziladi.

Bunda Oʻzbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari "Markaz – 2019” yirik masshtabdagi strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlari doirasida hamkorlikdagi qoʻshma mashgʻulotlarni oʻtkazadi. 

Besh kun davom etadigan mashgʻulotlarda Tojikiston Qurolli Kuchlaridan ikki yuzga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etadi, shuningdek, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining bir qator boʻlinmalari va harbiy boshqaruv organlarining harbiy xizmatchilari qatnashishi koʻzda tutilgan.

Namangan viloyatining toʻrli hududlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar davomida shartli terrorchilar yoʻq qilinishi rejalashtirilgan. Oʻquv mashgʻulotlarining ikkinchi bosqichida esa Oʻzbekiston va Tojikiston Qurolli Kuchlari harbiy kontingenti hamkorlikdagi harakatlarini Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida joylashgan “Donguz” poligonida amalda qoʻllashi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy xizmatchilari 2018 yilning 18-22 sentyabr kunlari Tojikistonning "Chorrux-Dayron" oʻquv markazi va "Nurafshon" poligonida hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazishgan edi.

Asosiy mavzular