Emomali Rahmon Rog‘un GESini qurgan quruvchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

© president.tjEmomali Raxmon na lichno kontroliruyet stroitelstvo Rogunskoy GES
Emomali Raxmon na lichno kontroliruyet stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESi ishchilarini qutladi va ularga davlat mukofotlarini topshirdi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESi quruvchilariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Zamestitel direktora Sentra kompleksnix yevropeyskix i mejdunarodnix issledovaniy NII VShE Anastasiya Lixacheva - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GES – Markaziy Osiyo davlatlarining YeOIIga qo‘shilishi uchun birinchi qadam

Taqdirlash marosimi oldidan davlat rahbari barcha ishtirokchilarni muhim tarixiy voqea - Rog‘un gidroelektrstansiyasining ikkinchi agregati ishga tushirilishi bilan tabrikladi.

Rahmon turli kasbga ega bo‘lgan va "o‘n yillik qurilishida" ishtirok etgan 42 nafar xodimni taqdirladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Rog‘un GESi ishchilari va mutaxassislari "II darajali Sharaf" ordeni, "Xizmati shoista" medallari va Tojikiston Respublikasi faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.

Davlat mukofotini topshirish marosimida ushbu obyekt qurilishida ishtirok etgan barcha rang va darajadagi xodimlar - ekskavatorchilar, montajchilar, haydovchilar, svarshiklar, burg‘alovchilar, elektriklar, plotniklar, muhandislar va qurilish kompaniyalari rahbarlari qatnashgan.

Tojikiston prezidenti Rog‘un GESi qurilishida har bir insonning hissasi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Tadbir yakunida Rahmon barcha ishtirokchilarga munosib mehnatlari uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0