TIV Qozog‘istonda mashinalari toshbo‘ron qilingan haydovchilarga murojaat qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Atirau shahri noma’lum shaxslar O‘zbekiston yuk mashinalarini toshbo‘ron qildi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonning Atirau shahri noma’lum shaxslar O‘zbekiston yuk mashinalari toshbo‘ron qilishi oqibatida jabrlangan haydovchilarga murojaat qildi.

TIV xabarida qayd etilishicha, mamlakatning Aqtau shahridagi bosh konsulxonasi mazkur masalani Qozog‘iston tomoni bilan yaqin hamkorlikda o‘rganmoqda.

“Tegishli choralar ko‘rish uchun jabrlangan haydovchilardan faktlarni aniqlashtirishlarini so‘raydi”, - deyiladi xabarda.

Razbitoe steklo. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston furalari Qozog‘istonda toshbo‘ron qilindi – video

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Aktau shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  ijtimoiy tarmoqlar o‘zbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining Qozog‘istonning Atirau shahri hududida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Transport vazirligi ushbu holat O‘zbekistonning Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olingani va ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston IIV ish olib borayotganini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0