16:19 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Tramp Boltonni lavozimdan chetlatdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Yangiliklar
Havola olish
256 0 0

Tramp oʻzining milliy xavfsizlik boʻyicha yangi maslahatchisi ismini kelgusi haftada aytmoqchi

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Boltonni lavozimidan ozod etgani haqida xabar berdi.

Tramp oʻzining Twitterida oʻtgan kechqurun Boltonga Oq uyda endi uning xizmatlariga muhtoj emasliginini maʼlum qilganini yozgan.

"Menga va administratsiyamizning koʻplab xodimlariga uning koʻplab takliflari yoqmagan, va men Djondan isteʼfoga chiqishni soʻradim, u bu ishni ertalab amalga oshirdi", - deb yozgan AQSH prezidenti.

Tramp oʻzining milliy xavfsizlik boʻyicha yangi maslahatchisi ismini kelgusi haftada aytmoqchi.

Asosiy mavzular