17:06 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Sovmestnыe voyennыe ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana

Oʻzbekiston oliy boʻgʻin ofitser kadrlarni AQSH bilan birga tayyorlamoqchi

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Yangiliklar
Havola olish
12501

Tomonlar keng koʻlamli masalalar va  AQSH Milliy mudofaa universiteti hamda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashganlar

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya AQShga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida 9 sentyabr kuni general-mayor Azizbek Ikramov AQSH Milliy mudofaa universiteti prezidenti, vitse-admiral Frits Rugge bilan uchrashgan.  Oʻzaro muloqot mobaynida oliy boʻgʻin ofitser kadrlarini tayyorlash, shuningdek, harbiy tadqiqotlar oʻtkazish borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi taʼkidlab oʻtilgan.

Tomonlar keng koʻlamli masalalar va  AQSH Milliy mudofaa universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashganlar.

Delegatsiyasi vakillari Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi (NESA) direktori, isteʼfodagi general-leytenant Tomas Vulf bilan uchrashgan. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar oʻtkazish masalalari boʻyicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklari taʼkidlab oʻtishgan.

10 sentyabr kuni Missisipi shtatidan AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Trent Kelli, shuningdek, AQSH Mudofaa vazirligi vakili Amer Latif bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtgan. Oʻzaro muloqot davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashgan.

Delegatsiya aʼzolari 11-13 sentyabr kunlari Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida joylashgan AQSH Quruqlikdagi qoʻshinlari Harbiy kollejiga tashrif buyuradi.

Asosiy mavzular